Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori tayinlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali maʼlum qildi.

Hukumat qarori bilan Baxtiyor Baxodirovich Kamalov Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Agentlik suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni aniqlaydi, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Facebook Comments