Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hududida sodir etilgan suv toshqini oqibatlarini oldini olishda, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida hududiy IIB hamda viloyatlar PPX saf boʻlinmalari xodimlari tomonidan joriy yilning 6-may kuni quyidagi ishlar amalga oshirildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati hududida sodir etilgan suv toshqini oqibatida, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining 10 ta MFYlari zararlanib, ushbu tumanlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida hududiy IIB hamda respublika PPX saf boʻlinmalaridan jami 528 nafar xodimlari 252 ta yoʻnalishlarga (shundan, 104 ta piyoda-patrul, 70 ta avtopatrul, 24 toʻsiq-postlarga, shuningdek, 54 nafar xodimlar kuzatuv va boshqa xizmatlarga) jalb etilmoqda.

Ushbu joylarda, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida xizmatga jalb etilayotgan naryadlar tumanlar kesimida, shundan:

  • Oqoltin tumaniga jami 30 ta piyoda, 29 ta avtopatrullik, 9 ta toʻsiq-postlarga xizmatga jalb etildi;
  • Sardoba tumaniga jami 25 ta piyoda, 22 ta avtopatrullik, 8 ta toʻsiq-postlarga xizmatga jalb etildi;
  • Mirzaobod tumaniga jami 49 ta piyoda, 19 ta avtopatrullik, 7 ta toʻsiq-postlarga xizmatga jalb etildi.

Shuningdek, talafot koʻrgan Sardoba tumanidagi “Qoʻrgʻontepa”, “Yurtdosh”, “Doʻstlik” MFYlari, Oqoltin tumanidagi “Shodlik”, “Saxovat”, “Ahillik” MFYlari, Mirzaobod tumanidagi “Mirzachoʻl”, “Bahoriston”, “Haqiqat” va “Navbahor” MFYlarida jami 70 dona ov-qurollari mavjud boʻlib, shundan bir kunda 14 ta ov-qurollari egalari rozichiligi bilan vaqtinchalik saqlash uchun hududiy IIBlarga topshirildi.

Misol uchun, 2020 yil 5 may kuni soat 21.52 larda, Oqoltin tumani, “Ahillik” MFY hududiga xizmatga jalb etilgan Toshkent viloyati IIBB PPXvaJTSB PPX batalyoni xodimlari katta leytenant B.Yuldashev va safdor A.Pardayevlar Oqoltin tuman IIB HPB profilaktika inspektori katta leytenant B.Abdullayev bilan hamkorlikda “Ahillik” MFY, Vatanparvar koʻchasi, 6-uy, 1-xonadonda yashovchi fuqaro Isroilov Ulugʻbek Zafardiyorovichga tegishli boʻlgan 1 dona IJ-54 rusumli,
12 kalibr, ikki stvolli S-16923 raqamli ov quroli oʻz xohishi bilan Oqoltin tuman IIBga topshirildi.

2020 yil 6 may kuni soat 16.00 larda, Mirzaobod tumani, “Navbahor” MFY hududiga xizmatga jalb etilgan Andijon viloyati IIB PPX va JTSB PPX batalyoni xodimlari leytenant R.Qayumov va serjant M.Xamroqulovlar Oqoltin tuman IIB HPB profilaktika inspektori katta leytenant D.Erkaboyev bilan hamkorlikda shu mahalla “X.Olimjon” koʻchasi, 21-uyda yashovchi fuqaro Kumakov Saparali Raxmatovichga tegishli boʻlgan 1 dona IJ-58 rusumli, 12 kalibr, ikki stvolli S-9116 raqamli ov quroli oʻz xohishi bilan Mirzaobod tuman IIBga topshirildi.

Talafot davrida qutqarishni iloji boʻlmagan 769 bosh chorvalarni murdalari aholi uylari, koʻcha va boshqa joylardan olib chiqilib, hududiy SEOA hududiy markazlari xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda koʻmildi.

Talafot koʻrgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining “Qoʻrgʻontepa”, “Yurtdosh”, “Doʻstlik”, “Shodlik”, “Saxovat”, “Ahillik” “Mirzachoʻl”, “Bahoriston”, “Haqiqat” va “Navbahor” MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinib, ularning 164 (tadbir boshidan 2138 ta) bosh yirik va mayda shoxli chorvalari xavfsiz joylarga koʻchirilib, egalariga topshirildi.

2020 yil 5 may kuni soat 23.43 larda, Oqoltin tumani, “Navoiy” MFY hududiga xizmatga jalb etilgan Toshkent viloyati IIBB PPXvaJTSB PPX batalyoni xodimlari safdorlar B.Usmonov va B.Oʻrinboyevlar tomonidan mahalla hududida 1 bosh qora-mol daydib yurganligi aniqlanib, ushbu qora-mol oʻz egasi Oqoltin tumani, “Navoiy” MFY, Samarqand koʻchasi, 15 uy, 8-xonadonda yashovchi fuqaro Baxromov Abdulla Abdurauf oʻgʻliga topshirildi.

2020 yil 6 may kuni soat 09.30 larda, Mirzaobod tumani, “Navbahor” MFY hududiga jalb etilgan Toshkent shahar IIBB PPX va JTSB PPX batalyoni xodimi safdor A.Anorboyev tomonidan mahalla hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, yoʻl chetida sellofanga oʻralgan holda yotgan shubhali buyum tekshirilganda, uning ichida, 6 ta fuqarolik pasportlari, nikohni qayt qilish guvohnomasi, diplomlar va boshqa hujjatlar topib olinib, shu mahallada yashovchi egasi, 27.05.1967 y.t. fuqaro Yulchurayev Suyun Xudoyqulovchiga qaytarilgan.

Facebook Comments