Sirdaryoda “Matiz” haydovchisi avtomashina boshqaruvini yo‘qotib yoʻl transfort hodisasi sodir etdi va uch kishi hayotiga zomin boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 5 may kuni soat 23:30 da 31 yoshli R.M. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida Sayxunobod tumani “Do‘stlik” MFY hududida yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l bo‘yidagi P-12 kanaliga ag‘darilib ketib yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada avtomashina xaydovchisi R.M., avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar 30 yoshli A.D. va 22 yoshli R.M. (ayol) hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Facebook Comments