Samarqandda 15 nafar bemor tuzalib, jami sog‘ayganlar 1592 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (10 nafari Toyloq tumani, 2 nafari Oqdaryo tumanidan, Poyariq, Postdarg‘om tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 65 yoshda, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan chaqaloq.

Viloyatda shu paytga qadar 37 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 52 nafarga yetdi.

Ayni paytda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 1592 nafarga yetdi. Kasallanganlar esa 2266 nafarni tashkil etmoqda.

15 martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi.

Facebook Comments