Qozog‘istonning janubida yangi toshqinlar kelib chiqdi. Surunkali va kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Lengerka daryosi suv sathi ko‘tarilib ketgan.

Natijada Turkiston viloyati Lenger shahridagi ikkita uy va 25 ta hovli suv ostida qolgan. Ikkita gaz yetkazib berish tarmog‘i zararlanishi oqibatida 83 abonent gaz taʼminotisiz qolgan. Ayni paytda suv oqimi to‘xtagan. Qutqaruv ishlari davom etyapti.

Xabaringiz bor, Sardoba suv omboridagi tuproq o‘pirilishi natijasida kelib chiqqan sel Qozog‘istonning Maqtaral tumaniga ham yetib borgandi.

Facebook Comments