Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan tibbiyot xodimlariga qoʻshimcha sugʻurta kafolatlarini taqdim etish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.

Ushbu hujjat huquqiy axborotlar internet-portalida chop etildi. Qayd etilishicha, tibbiyot xodimi vafot etgan holatda toʻlanadigan toʻlov 2,7 million rublni tashkil etadi.

Sugʻurta boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar shifokorlar, oʻrta va kichik boʻgʻin tibbiyot xodimlari, tez yordam mashinasi haydovchilari, shuningdek, koronavirus tasdiqlangan bemorlar va COVID-19ga gumon qilinayotganlar bilan bevosita ishlayotganlarga taqdim etiladi.

Facebook Comments