Oʻzbekiston pandemiya davrida taʼlim tizimida oʻziga xos yondashuvni tanlay bildi. Tizimda masofaviy onlayn darslar shu kungacha erish tuyular, bu yoʻnalishda toʻplangan tajriba qoniqarli edi.

Sharoit taqozosi bilan butun mamlakatdagi barcha maktablarda ayni paytda darslar masofaviy taʼlimga asoslanib olib borilayotir. Eʼtiborli jihati shuki bu jarayon ham barcha oʻzbekistonlik pedagoglarni izlanishga, loyihalar ustida ishlashga undadi. Barcha maktablar bugungi kunda telegram ijtimoiy tarmogʻidagi guruhlari orqali video darslar, dars mashgʻulotlarini oʻquvchilarga taqdim etib bormoqda. Bu oʻtilgan darslarni onlayn tizimiga asoslangan deb boʻlmaydi. Onlayn darslar negizi video va audio muloqotga qurilgan boʻladi. Zoom dasturidagi xuddi shunday qulaylik ishning sifatini hamda natijadorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.

Zamon bilan hamnafas, aqlli texnologiyalar bilan tillashayotgan pedagoglarimizning harakati va intilishini eʼtirof etsa arziydi. Namangan shahridagi 82-umumtaʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi Raʼnoxon Ismoilova karantin davrida darslik mavzularini Zoom dasturida onlayn orqali oʻquvchilarning faol ishtirokida oʻtib kelmoqda.

Pedagogning 11-sinf oʻquvchilariga “Oʻzbekiston tarixi” darsidan “Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi faoliyati va tinchlikparvar tashqi siyosati” mavzusidagi saboqlar jonli muloqotda olib borildi. Qiziqarli kechgan video muloqot darsi slayd klaster, savol-javobga qurilgan. Bunda oʻquvchilar dunyoning boshqa bir chetidagi tengdoshlari kabi vaqti va ortiqcha pul mablagʻlarini sarflashdan tejamoqda.

Oʻtgan onlayn darsida ishtirok etgan oʻquvchilar mavzu yuzasidan topshiriqlar tahlili, munozara, fikrlarini erkin bayon etishlari orqali bilimini yana-da boyitdi. Shu turdagi darslar haftaning belgilangan kunlarda 1 soatdan oʻtib borilishi oʻquvchi-yoshlarni bilimini oshirish bilan birga, ularni oliygohlarga kirish sinovlariga tayyorlanishi uchun qulay imkoniyat ham.

Ayni shu tarzdagi video muloqot darslari R. Ismoilova boshchiligida 5-8 sinflar bilan ham olib borilmoqda.

Ulugʻbek ROʻZIMATOV

Facebook Comments