Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6-may soat 23:00 holatiga koʻra, 2 kishiga oshib, 2233 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq 6-may kuni soat 17:00 holatiga koʻra, virusni yuqtirib olganlar soni 14 kishiga oshib, 2231 nafarga yetgani maʼlum qilingandi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning oʻn nafari vafot etdi, 1577 nafari esa sogʻaygan.

Facebook Comments