MIB Kosonsoy tumanida tadbirkor foydasiga 185 mln soʻm qarzdorlik undirib berdi, deya xabar bermoqda MIB Namangan viloyat boshqarmasi.

Taʼkidlanishicha, Majburiy ijo byurosining Kosonsoy tuman boʻlimi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 18-fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “KOSONSOY QURILISH INVEST” MCHJdan undiruvchi “OLDMET TECHNOSERVIS” MCHJ foydasiga 185.938.672 soʻm qarz undirish toʻgʻrisidagi ijro mavjud boʻlgan. Mazkur ijro hujjati boʻlim ish yurituviga kelib tushgandan soʻng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.

Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib,
davlat ijrochisi tomonidan joriy yil 13-aprel kuni inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqada koʻrsatilgan qarz summasi toʻliq undirilib, tadbirkorlik subyekti foydasiga yoʻnaltirilishi taʼminlandi.

Facebook Comments