Bugun, 7 may kuni soat 08:00dan boshlab Samarqand viloyati hududida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi viloyat aholisiga quydagi ogohlantirish bilan murojaat qilgan:

  • Zaruratsiz uydan chiqmang!
  • Zaruriy mahsulotlarni xarid qilish uchun faqat bir kishi o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalariga chiqsin.
  • Savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi.
  • 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar tashqariga chiqishi qatʼiyan man etiladi.
  • Taksi haydovchilariga yo‘lovchi tashish qatʼiyan taʼqiqlanadi. (bunda kuryerlik faoliyatiga ruxsat)
  • bir joyda ikki va undan ortiq fuqaroni to‘planmasligi talab etiladi.

Shuningdek, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish choralarni tatbid etish natijasida quydagi holatlarga ruxsat berilgan:

  • fuqarolarga – ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga rusxat berilgan.
  • fuqarolarga – shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqoblar taqilgan holda sayr qilishga, bunda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalarining hamrohligida sayr qilishga;
  • oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va professor o‘qituvchilariga – ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklashga ruxsat berildi.

Talablarni buzgan shaxslar qatʼiy javobgarlikka tortilishi taʼkidlangan.

Facebook Comments