Koronavirus infeksiyasi haqida muhim kashfiyot qilishga yaqin turgan Pittsburg universiteti tadqiqotchisi Bin Lyu o‘ldirib ketildi, deb xabar bermoqda CNN nashri.
Manba ma‘lumotiga ko‘ra, AQSh politsiyasi professorning o‘limi yuzasida tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Tergovchilar Lyuni tanishi otgani va qotillikdan keyin uydan chiqib, mashinasiga o‘tirib o‘z joniga suiqasd qilgan deb hisoblamoqda.
Huquq-tartibot idoralari professorning xitoylik bo‘lgani uchun otib o‘ldirilgani haqidagi taxminlar haqiqatdan yiroqligini bildirgan. Ammo Lyu 2-may kuni o‘z uyidan o‘lik holda topilgan va uning bo‘yin qismi, boshi, tanasi va qo‘l-oyoqlarida o‘qotar quroldan yaralanish alomatlari bo‘lgan.
Professorning universitet kafedrasidagi hamkasblari, Lyuning SARS-CoV-2 hujayra organizmlari va ular chaqiradigan o‘zgarishlarning prinsiplari haqida kashfiyot qilish arafasida bo‘lganini ta’kidlashgan.