Xabaringiz bor Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan favqulodda vaziyat sabab kelib chiqqan toshqin qo‘shni Qozog‘iston hududlariga ham kirib borgan edi.

Ayni paytga kelib ushbu mamlakatning Turkiston viloyatidagi suv bosgan qishloqlarda uning sathi pasaya boshladi. Suv mamlakat janubiga qarab chekinayotgani aniqlangan.

Masalan, Maqtaral tumanida suv sathi o‘rtacha 6,2 sm.ga pasaydi, dedi Turkiston viloyati hokimi o‘rinbosari Saken Kalmakanov.

Ayni paytga kelib evakuatsiya qilingan aholi asta-sekin uylariga qaytishyapti.

Facebook Comments