Qirgʻizistonda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq holatlar soni 871 taga yetdi, deb xabar bermoqda Respublika sogʼliqni saqlash vaziri oʼrinbosari Nurbolot Usenbayev.

2020-yil 6-mayda respublikada COVID-19ʼning 28 ta yangi holati qayd etildi”, degan Usenbayev.

Taʼkidlanishicha, mamlakat poytaxti Bishkekda 16 ta, Jalol-obodda 6 ta, Botken viloyatida 4 ta, Chuy viloyatida 2ta,  holat aniqlangan.

Shunday qilib, Qirgʻizistonda COVID-19 kasalligi soni 871 kishiga yetdi, 12 kishi vafot etdi, 614 kishi tuzaldi.

Infeksiya tarqalishi munosabati bilan respublikada favqulodda holat rejimi joriy etildi. Mamlakatning bir qator shaharlarida, shu jumladan poytaxt Bishkekda ham favqulodda holat mavjud.

Facebook Comments