Innovatsion rivojlanish vaziri matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova AOKA shtabiga kelib tushgan savolga javob berdi.

Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda, vazirlik tomonidan onlayn biznes yoki onlayn pul topish yoʻllarini oʻrgatuvchi innovatsion video qoʻllanmalar yaratiladimi?

“Innovatsion rivojlanish vazirligi may oyidan boshlab startaplarni rivojlantirish va onlayn tijoratga doir vebinarlar tashkil qilishni rejalashtirgan. Mazkur vebinarlarda raqamli texnologiyalarni yaratish, amalga joriy qilish, tijoratlashtirish, marketing ishlarini tashkil etishni oʻz ichiga oladigan startap loyihalarni rivojlantirish hamda E-commerce yoki elektron tijoratga doir foydali maʼlumotlar taqdim etiladi, misollar bilan tushuntiriladi, savollarga javob beriladi.
Barcha vebinarlar onlayn shaklda vazirlik ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida namoyish etiladi va vazirlikning youtube kanaliga joylashtiriladi. Bunda elektron tijoratning B2B, B2C, B2G koʻrinishlari yoritiladi”, – deydi Nazokat Abduqunduzova.

Facebook Comments