O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6-may Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, 10 kishiga oshib, 2217 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq 5-may Toshkent vaqti bilan soat 23:00 holatiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 3 kishiga oshib, 2207 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning oʻn nafari vafot etdi, 1501 nafari esa sogʻaygan.

Facebook Comments