Xorazm va Andijondan 21 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar 1577 nafargayetdi, shifoxonada yana 677 nafar bemor qolgan, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, Xorazm viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, jami 21 nafar bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan. Xorazmda tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Namangan va Samarqand viloyatlaridan 3 nafardan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 11 nafari erkak, 3 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 81 yoshli otaxon boʻlsa, eng yoshi kichigi 16 yosh. Viloyatda shu paytga qadar 153 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 167 nafarga yetdi.

Andijonda darddan forigʻ boʻlganlarning barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Andijon shahridan, 2 nafari Xoʻjaobod tumanidan) boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 53 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 126 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 133 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugunning oʻzida76 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1577 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Oʻzbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2231 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, jami 644 nafar bemor davolanmoqda.

Facebook Comments