Navoiyda “Neksiya 3” haydovchisi svetaforning taqiqlovchi qizil chirogʻiga toʻxtamasdan yoʻl transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Аxborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, kecha, 5-may  kuni soat 04:40 larda Navoiy viloyati, Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi “Okian” savdo do‘koni qarshisida, haydovchi 1994 y.t. D.N.  “Neksiya 3” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib kelib, svetoforning taʼqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtamasdan chorrahadan o‘ngga tezlik bilan burilib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilgan.

Natijada, haydovchi 26 yoshli D.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari yoʻllarda harakatlanganda “Yoʻl harakati qoidalari”ga amal qilishingizni, haydovchilar yoʻllarda piyodalarga eʼtiborli boʻlishingizni soʻrab qolamiz”, – deb murojaat qilmoqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar soʻnggida.

Facebook Comments