Chorsu Namanganning eng gavjum maskani hisoblanadi xususan bu yerda Xitoy kompaniyasining sarmoyasi asosida zamonaviy turar-joy, mehmonxona va savdo majmuasi qad rostlamoqda

Namangan shahrining Koʻzagarlik koʻchasida xitoylik investorlar tomonidan barpo etilayotgan zamonaviy mehmonxona, shopping-mol va koʻp qavatli turar joy majmuasi qurilishini avj pallaga kirgan.

Mazkur loyiha “Namangan Qianging Investment” MCHJ tomonidan 4 gektar maydonida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 30 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Qurilish ishlari 2019-yilda boshlangan boʻlib, kelgusi bu yerda zamonaviy mehmonxona, shopping-mol va koʻp qavatli turar-joylar barpo etiladi.

Kompaniya tomonidan 2019-yilda 2 mln. AQSH dollari, 2020-yilning birinchi choragida 1 mln. AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritilgan.

“Namangan Qianxing Invesment” kompaniyasi bilan 78 gektar maydonda barpo etiladigan “Namangan city” xalqaro ishbilarmonlik markazi, “Yuksalish” massivida 50 gektarlik hududda qad koʻtaradigan “Smart city” ekologik toza zamonaviy shaharcha, Margʻilon koʻchasida 65 gektar maydonda quriladigan zamonaviy turar-joylar, mehmonxona va savdo markazi majmuasi loyihalarida kompaniya ishtirokini koʻzda tutgan hamkorlik kelishuvlari imzolangan.

Facebook Comments