Namangan va Samarqand “qizil” — yuqori xavfli hududga kiritildi. Yaʼni ushbu viloyatlar epidemiologik jihatdan “qizil” hududga kirishi eʼtiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.

– Namangan viloyatida 6-may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu koʻrsatkich boʻyicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi toʻrtinchi oʻrinda turibdi.

Koronavirusdan oʻlim holati boʻyicha esa (4 ta) Namangan poytaxt Toshkentdan soʻng (5 ta) ikkinchi oʻrinda qayd etilgan.

– Samarqand viloyatining Toyloq va Oqdaryo tumanlarida, Samarqand shahri, Samarqand, Urgut va Jomboy tumanlarining Toyloq tumani bilan chegaradosh hududlari hamda mazkur tumanlarda, shuningdek Bulungʻur tumanining ayrim joylarida karantin qoidalari saqlab qolingani avvalroq maʼlum qilingan edi.

Facebook Comments