Germaniyaning Robert Koch instituti rahbari Lothar Viler koronavirus pandemiyasining ikkita yangi toʻlqini boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, kasallik aholining 60-70 foizi kasal boʻlguncha tarqaladi.

Biz deyarli ikkinchi toʻlqin boʻlishini bilamiz”, – deydi Viler.

Shuningdek, u baʼzi olimlar koronavirusning uchinchi toʻlqini boʻlishi mumkinligini taxmin qilishganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, Viler ijtimoiy masofa kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanishi kerakligini taʼkidladi.

Maʼlumot oʻrnida, dunyoda bu kasallikka chalinganlarning umumiy soni deyarli 3,5 million kishini tashkil etdi, ulardan 241 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Facebook Comments