BAAning Sharja amirligidagi Al-Nahd shahridagi baland qavatli turar joy binosida kuchli yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, bino yongʻin oldidan ijarachilardan ozod qilingan. Biroq yongʻin sababi hozircha aniqlangani yoʻq.

Yongʻinni oʻchirishda bir nechta oʻt oʻchiruvchilar ishtirok etdi va oʻtni oʻchirishda dronlardan ham foydalandilar.