Qashqadaryoda “Lacetti” haydovchisi mashinani yuqori tezlikda haydab hayotiga nuqta qoʻydi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Аxborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, kecha, 4 may kuni soat 21:20larda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Xalq banki” ro‘parasida, haydovchi 1989 y.t. A.S.“Lacetti” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, harakatda bo‘lmagan “Yo‘l qurilish unitar” korxonasiga tegishli bo‘lgan asfalt yotqizish mashinasiga urilib, YTH sodir qilgan.

Natijada, “Lacetti” rusumli transport vositasi haydovchisi A.S. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yo‘lovchisi 1986 y.t. A.P. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan G‘uzor tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari yoʻllarda harakatlanganda “Yoʻl harakati qoidalari”ga amal qilishingizni, haydovchilar yoʻllarda piyodalarga eʼtiborli boʻlishingizni soʻrab qolamiz”, – deb murojaat qilmoqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar soʻnggida.

Facebook Comments