Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev Yulduz Usmonovaning IIV xodimlarini haqorat qilgan fikrlariga Telegram kanalida oʻz munosabati bildirdi.

“Men ichki ishlar sohasida vijdonan mehnat qiladigan, mard, jasur, halol minglab xodimlarini bilaman va ularning koʻpchiligini oʻzimning yaqinlarim qatorida koʻraman. Ularga osonmas. Buning nimagaligini oʻzlari yaxshi biladi. Biroq burch, masʼuliyat tuygʻusi hammasiga chidashga, oʻz ishini bajarishga undaydi ularni. Kuni kecha madaniyat sohasi vakili Yulduz Usmonovaning butun ichki ishlar sohasiga qilgan munosabati hech narsa bilan oqlab boʻlmas holat, deb bilaman.

Albatta qonunlardagi tenglik prinsipidan kelib chiqib, fuqaro sifatida ularning ushbu harakatiga huquqiy baho berilishi shart”, – deydi Kusherbayev.

Facebook Comments