Sardobadagi suv toshqini oqibatida 4 kishi halok boʻlib, bir kishi bedarak yoʻqolgan, bu haqda bugungi yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

“Afsuski, hozirgacha 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok boʻlgani, 1 nafari bedarak yoʻqolgani aniqlandi. Jumladan, aholini xabardor qilish va qutqaruv ishlarini olib borish jarayonida Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimini kuchli suv oqimi olib ketgan.

Ular oʻz jonini fido qilib, yuzlab, minglab insonlar hayotini saqlab qolishdi. Halok boʻlganlarning yaqinlari va oila aʼzolariga oʻzimning chuqur hamdardligimni bildiraman”, degan prezident Mirziyoyev.

Facebook Comments