Qozog‘iston Turkiston viloyatidagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston bilan chegarani ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumat yig'ilishida viloyat hokimi Umirzak Shukeyev ma'lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.kz.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Umirzak Shukeyev 4-may kuni vaziyatni baholash uchun O'zbekistonga tashrif buyurgan.

“Qog‘ali aholi punkti yaqinida qo‘shimcha kanallar qazamiz. Kecha, 4-may kuni O‘zbekistonga tashrifimiz davomida bu haqda kelishib oldik. Umuman olganda, hozir o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ishlayapmiz.

Vaziyat barqarorlashganidan so‘ng, ular viloyatimizga o‘z texnikalari bilan keladi, ya’ni kollektorlarimizni tozalashda bizga yordam beradi. Biz esa o‘z tomonimizdan chegarani ochishimiz kerak”, dedi Shukeyev.

Uchrashuvda Shukeyev shuningdek, Turkiston viloyatida suv toshqinlari xavf saqlanib qolganini aytdi.

O‘zbekistonda 1-may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilib ketishi oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi.

2 may kuni soat 04:30da Sardoba tomondan kelgan suv hajmiga Maxtaral tumani chegarasida kollektor bardosh bera olmay yorilib ketgan. Natijada Qozog'istonning kamidagi 10 ta aholi punkti suv ostida qolgan va jami 31,6 ming kishi aholi evakuatsiya qilingn.

Facebook Comments