Samarqand viloyatida 10 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (8 nafari Toyloq tumanidan, Samarqand shahri va Bulungʻur tumanidan 1 nafardan) boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 48 yoshda, eng yoshi kichigi esa 16yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 24 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, endilikda ular 34 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sogʻayganlarning 3 nafari poytaxtimizdan, 1 nafari esa Toshkent viloyatidan boʻlib, ular ham koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 50 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda. Ayni paytda Toshkent shahrida tuzalganlar 459 nafarga yetdi.

Maʼlumot oʻrnida, hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1454 nafarni tashkil etmoqda.

Facebook Comments