Samarqandda “VAZ-2106” transport vositasi “Gaz-5327” bilan toʻqnashib ketdi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga koʻra, 2020-yilning 04-may kuni soat 19:30 da Urgut tumani “Tinchlik” mahallasi hududidan oʻtuvchi A-377 avtomobil yoʻlining 33 kilometrida haydovchi 27 yoshli F.R. boshqaruvida boʻlgan “VAZ-2106” rusumli transport vositasini mast holatda Samarqand yoʻnalishi tomonidan Tojikiston Respublikasi yoʻnalishi tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida, oʻziga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi 29 yoshli Z.A.ning boshqaruvidagi “Gaz-5327” rusumli yuk transport vositasining oʻng yon tomoniga urilib, YTH sodir qilgan.

Toʻqnashuv natijasida, “Gaz-5327” rusumli yuk transport vositasi yoʻlovchilari (haydovchining turmush oʻrtogʻi va farzandi) 22 yoshli D.S. va voyaga yetmagan 2 yoshli A.N.lar ogʻir tan jarohati olib hodisa joyida vafot etganlar.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Facebook Comments