“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiyaga qaytdi.
Portugaliyalik futbolchi koronavirus pandemiyasi tufayli A Seriya toʻxtatib qoʻyilgandan soʻng mart oyida Madeyra shahriga uchib ketgan edi, bugun esa u Turinga qaytib keldi.
#CristianoRonaldo lascia l'aeroporto di Caselle scortato: trascorrerà a casa i quattordici giorni di isolamento, prima di potersi allenare alla Continassa. ⚪⚫ #Juventus pic.twitter.com/Nonw7BBE1k
— Giovanni Albanese (@GiovaAlbanese) May 4, 2020
Ronaldu Turinga qaytganidan keyin 14 kun izolyatsiyada boʻladi va shundan soʻng, jamoa bilan klub bazasida mashq qilishni boshlaydi.
Yaqin kunlarda “Yuve”ga boshqa legionerlardan – Gonsalo Iguain, Duglas Kosta, Aleks Sandro, Danilo, Voysex Shesni, Adriyen Rabio, Sami Xedira, De Ligt va Blez Matyudi mashgʻulotlarga qoʻshilishadi.
Eslatib oʻtamiz, 4-maydan boshlab Italiyada boshlab individual, 18-maydan jamoaviy mashgʻulotlar davom ettirishga ruxsat beriladi.