Oʻzbekistonda karantin qoidalari yumshatiladi. Xususan, bunga qoʻshimcha, maxsus stikerlar bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 5-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtilgan.

Oʻtgan ikki hafta mobaynida respublika hududlarida 59 mingta ishlab chiqarish korxonalari qaytadan ishga tushirildi. Toshkent shahrida 16 mingdan ziyod, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 857 ta korxona oʻz faoliyatini tikladi.

Epidemiologik vaziyat yaxshi boʻlgan hududlarda nooziq-ovqat doʻkonlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy taʼmirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyati boʻyicha kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda, ish boshlashi uchun ruxsat beriladi. Stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi. Vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklanadi.

Ayni vaqtda IIV matbuot xizmati bu borada hech qanday maʼlumot bermadi.

Facebook Comments