5-may holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi ma‘lum qildi.

2020 yil 4 may soat 23:00dan bugun, 5 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, yaʼni o‘tgan 11 soat ichida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2189 nafarni tashkil qilib, sog‘ayganlar esa 1405 nafarga yetdi. Vafot etganlardan tashqari, hozirda 774 nafar bemor davolanmoqda.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, mamlakatimizda qatorasiga so‘nggi 14 kun davomida “COVID-19” infeksiyasidan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat o‘ninchi kuni ikki holat ham tenglashgan.

Facebook Comments