O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5-may Toshkent vaqti bilan soat 17:500 holatiga ko‘ra, 15 kishiga oshib, 2204 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq 4-may Toshkent vaqti bilan soat 23:00 holatiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 8 kishiga oshib, 2189 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning oʻn nafari vafot etdi, 1454 nafari esa sogʻaygan.

Facebook Comments