Uchqoʻrgʻon tumanidagi “Uzbek China paper” korxonasi shunday noodatiy loyiha asosida kunlik ehtiyoj uchun zaruriy mahsulotniishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

Tumanning Istiqbol MFY hududidagi boʻsh turgan obyekt negizida tashkil etilgan korxonada yillik 1,5 ming tonna qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Umumiy qiymati 1,8 milliard soʻm boʻlgan loyihani amalga oshirish uchun 600 million soʻm tadbirkorning oʻz mablagʻlari hamda 1,2 milliard soʻm bank krediti yoʻnaltirildi.

2019-yilning oxirida ishga tushirilgan korxonada 10 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi.

 

Facebook Comments