Buxoro viloyatida navbatdagi 35 nafar koronavirusga chalingan bemor toʻliq sogʻaydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Sogʻayganlar viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 20 nafari Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 15 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olishgan. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, 16 nafari Buxorodan, Samarqand va Qashqadaryodan 4 nafardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Namangan, Jizzaxdan 2 nafardan, Navoiy, Xorazm va Surxondaryodan 1 nafardan.Ularning 26 nafari erkak, 9 nafari ayollar boʻlib, eng yoshi kattasi 83 yoshli otaxon boʻlsa, eng yoshi kichigi 4 yoshli bola.

Buxoro viloyatida asosan xorijiy davlatlardan charter reyslar bilan olib kelingan fuqarolarimiz orasida koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan 434 nafar bemordan endilikda 367 nafari butunlay sogʻaydi. Ayni paytda qolgan 67 nafar bemordavolanmoqda.

Maʼlumot uchun, hozirda Oʻzbekiston boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 1440 nafarni tashkil etmoqda

Facebook Comments