Fargʻonada karantinga olinib, koronavirusga chalingan 8 nafar bemor sogʻaydi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Aytilishicha, Fargʻona viloyatida 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Tuzalib chiqqanlarning 7 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Fargʻona viloyati va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 40 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 76 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 84 nafarga yetdi. Ayni paytda Respublika boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 1327 nafarni tashkil etmoqda.

Facebook Comments