Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 9 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻaydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ular Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sogʻayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 8 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 boʻlsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, poytaxtimiz va Toshkent viloyatidan 3 nafardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Jizzax viloyatidan 1 nafardan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 58 boʻlsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 432 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 449 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1364 nafarni tashkil etmoqda.

Facebook Comments