Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori Usmanova Gulrano Mallabayevna vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

G.Usmanova 1953-yil 14- apreldatugʻilgan. 1976-yilda Oʻrta Osiyo tibbiyot pediatriya institutinitamomlab, ushbu oliy oʻquv yurtida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2008-yildan to shu kunga qadar esa Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokorilavozimida uzluksiz va samarali ishladi. Uning rahbarligida klinika faoliyatida tub ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirildi.

G.Usmanova mahoratli rahbar boʻlishi bilan birga, katta klinik tajriba va chuqur bilimga ega boʻlgan pediatrsifatida ogʻir, murakkab bemorlarni davolash orqali minglab kasallarni hayotga qaytarishga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan. Oʻzining insonparvarligi, xalqchilligi tufayli jamoatchilik oʻrtasida katta hurmat va eʼtiborga sazovor boʻldi.

G.Usmanova “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni hamda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori Gulrano Usmanovaning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Facebook Comments