Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 134 687 kishiga yetdi. Bu haqda kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab maʻlum qilmoqda.

Shtab xabariga koʻra, so‘nggi bir sutkada 11 mingga yaqin kishi koronavirusga chalinib, kasallanishlar soni bo‘yicha kunlik rekord yangilandi. Moskvaning o‘zida bir kunda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 197 ta yangi holat tasdiqlangan.

Yangi kasallanganlarning aksariyati 18-45 yoshdagi shaxslardir. Ularning ulushi 39,2 foizni tashkil etadi. Yana 36 foizi 46 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, 10 foizi 66-79 yosh atrofida, qolgan 5,5 foizi 80 yosh va undan katta bo‘lgan fuqarolardan iborat.

Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 58 taga oshib, 1280 tani tashkil etmoqda. Shunday qilib Rossiya koronavirus bilan kasallanish bo'yicha nafaqat Xitoyni, balki Fransiyani ham ortda qoldirdi.

Facebook Comments