Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6-may kuni koronavirusga qarshi kurash boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlarni bajarish boʻyicha yigʻilish oʻtkazadi.

Davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning TASS agentligiga maʼlum qilishicha, ushbu uchrashuvda ular, shuningdek, davlat rahbari ilgari tayyorgarlik koʻrishga buyruq bergan cheklov rejimidan bosqichma-bosqich chiqish boʻyicha tavsiyalarni muhokama qiladilar.

6-may kuni prezident oldin qabul qilingan qarorlarni bajarish boʻyicha yigʻilish oʻtkazishi rejalashtirilgan, unda tavsiyalar ham tinglanadi, – deydi Kreml vakili.

Facebook Comments