Ortiqcha vazndan xalos boʻlishga astoydil kirishgan boʻlsangiz, moddalar almashinuviga xalaqit bermang. Avvalo taomlangandan soʻng shirinlik yeyish odatidan voz keching. Shirinlikhoʻrlikni tushlikkacha bemalol bajarishingiz mumkin. Ammo undan keyin ogʻzingizga “qulf” solganingiz maʼqul.

Ertalab nonushtagacha bir stakan qaynatib tindirilgan yoki maʼdanli suv iching. Suv teri hujayralarini namlantirib, keksayish alomatlarini sekinlashtiradi. Shu bilan birga ichaklardagi tiqinlarni haydaydi.

Taomnomangizda olti turdagi mahsulot, albatta, boʻlishi kerak. Bular: shirin, nordon, achchiq, shoʻr, chuchuk va taxir taʼmli yeguliklar. Ana shunda organizm oʻziga kerakli boʻlgan vitaminlarni qabul qiloladi.

4200 gr suyuq asalga yarimta limon sharbati, 1 osh qoshiq yanchilgan zanjabil kukunini aralashtirib qoʻying. Soʻng ushbu aralashmani har kuni nahorga yarim choy qoshiqdan qabul qilasiz. Asal tanaga quvvat bersa, zanjabil immunitetni mustahkamlaydi.

Ovqat vaqti suyuqlik ichmang. Taomlanishdan 20 daqiqa oldin yoki keyin choy ichish maqsadga muvofiqdir. Kechki soat oltidan soʻng yengil hazm boʻluvchi taomlar isteʼmol qilishini lozim. Agar uyquga yotishgacha ochiqsangiz, bodom, mayiz yoki yashil olma yeyishingiz mumkin. Yotishdan oldin esa bir stakan sut yoki qatiq ichishga odatlaning.

Uyquga yotishdan oldin terini oziqlantiruvchi krem bilan qoʻl-oyoq va qorin sohasini yengil uqalang. Muolaja soʻngida terini asta chimdib olsangiz ham boʻladi. Bu terida qon aylanishini yaxshilaydi.

Facebook Comments