Oʻzbekistonda 4-may soat 23:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni yana 18 kishiga koʻpayib, 2189 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Eslatib oʻtamiz, 4-may soat 15:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2181 nafarni tashkil etayotgandi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning oʻn nafari vafot etdi, 1405 nafari esa sogʻaygan.

Facebook Comments