Rashid Xoliqovning ijtimoiy tarmoqda joylangan posti yuzasidan Madaniyat vazirligi izoh berdi.

Ushbu munosabatda aytilganidek Rashid Xoliqovning uyda qolib, oila davrasida boʻlishi va ular bilan bir qozonda pishirilgan taomni tanovul qilib koʻrsatishiga Madaniyat vazirligi nazorat oʻrnatmaydi. Shu bilan birga, yashayotgan uy-joyini sanʼatkor oʻzining iqtidori bilan barpo qilgan.

Sanʼatkorning qoʻshigʻi yoki klipi madaniyat etikasiga toʻgʻri kelmasagina, vazirlik bu masala yuzasidan qonun doirasida tegishli choralar koʻrishi mumkin, ammo uning shaxsiy hayotiga Madaniyat vazirligining aralashuvi hech bir qoidaga toʻgʻri kelmaydi.

Shuningdek, sanʼatkorning “Instagram” sahifasiga qoʻyilgan havolaning maqsadi karantin vaqtida uyda qolib, vaqtini oila davrasida oʻtkazishini namoyish qilish boʻlgan. Shu bilan birgalikda ushbu sanʼatkor pandemiya davrida kam taʼminlangan oilalarga xayriya ishlarini tashkil etib kelmoqda.

“Yillar davomida xalq xizmatida boʻlib, uning rozi rizoligini olib hamda 30 yil davomida xayriya qilayotganligimni hech qachon oshkora qilmagan edim, men kabi boshqa sanʼat ahli ham shunday ishlar qilib kelishmoqda. Axir “chap qoʻling berganini oʻng qoʻling bilmasin“ degan naql bor-ku, biz xayriya ishlarimizni koʻz-koʻz qilishdan qochamiz, barchasi xudo yoʻliga.

Agar, yuqorida keltirilgan havola orqali kimningdir nafsoniyatiga tekkan boʻlsak, uzrimizni soʻraymiz. Keling, birgalikda karantin qoidalariga rioya qilib, uning yurtimizdan tezroq ketishida birlashaylik. Bugun Oʻzbekiston xalqi Davlat rahbari rahnamoligida birlashganini koʻryapmiz, bu degani koronavirus ham bizni yaqin kunlarda tark etadi va biz yana yurtdoshlarimiz bilan tez kunlarda diydor koʻrishamiz“, deydi sanʼatkor oʻz javobida.

Facebook Comments