Hammasi ushbu guruhning 2017 yildagi ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” videosidan boshlandi, oradan 3 yil oʻtib odamlar ularning bu raqsini pandemiya ramzi sifatida talqin qila boshlashdi va unga “oʻlimning kulgili timsoli” deya nom berishdi.

Dancing Pallbearers, shuningdek, Dancing Coffin va Coffin Dance nomlari bilan mashhur bu guruh Gananing janubidagi Katta Akkra hududidagi Prampram shahrida xizmat koʻrsatishadi.

Raqsga tushuvchi tobut tashuvchilar guruhi Benjamin Aido tomonidan boshqaradi. Avvaliga guruh tobutlarni oddiy tarzda tashishadi, keyinchalik ular raqsga tushgan holda tobut tashish xizmatini joriy qilishadi, ular raqsga tushganliklari uchun qoʻshimcha haq olishadi. Ularning fikricha, vafot etgan odamni xursandchilik bilan kuzatish lozim.

2020 yil aprel oyida guruh “oʻlimning kulgili timsoli” sifatida internet tarmoqlarda mashhur boʻldi. Unda turli xil muammolarga duch kelgan odamlarning videolari, COVID-19 pandemiyasi davrida gigiyena qoidalariga amal qilmagan odamlarning videolari, yoki qilingan nojoʻya ishning oqibati sifatida tobutlar bilan raqs tushayotgan raqqoslarning videosi dastlabki videoga ulandi soʻngra You Tube va Tik Tok ga joylashtirildi. Videolarda, asosan, rus musiqa sozandasi Toni Igiyning “Astronomiya” qoʻshigʻining remiks shakli ishlatilgan.

Facebook Comments