Qirgʻizistonda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq holatlar soni 795 taga yetdi, deb xabar bermoqda Respublika sogʼliqni saqlash vaziri matbuot kotibi Аynura Аxmatova.

2020-yil 3-mayda respublikada COVID-19ʼning 26 ta yangi holati qayd etildi”, degan Axmatova.

Taʼkidlanishicha, mamlakat poytaxti Bishkekda 14 ta, Chuy viloyatida 9ta, Oʼsh viloyatida 2 ta, Botken viloyatida 1 ta holat aniqlangan.

Shuningdek, 3-sonli oilaviy tibbiyot markazi rahbari Juzum Kokumbayeva koronavirusdan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, bu Qirg‘izistonda qayd etilgan ilk shifokor o‘limi.

Shunday qilib, Qirgʻizistonda COVID-19 kasalligi soni 795 kishiga yetdi, 10 kishi vafot etdi, 564 kishi tuzaldi.

Infeksiya tarqalishi munosabati bilan respublikada favqulodda holat rejimi joriy etildi. Mamlakatning bir qator shaharlarida, shu jumladan poytaxt Bishkekda ham favqulodda holat mavjud.

Facebook Comments