Qaroqchilar gruzin dengizchilarini asirga olgan. Bu internetdan koʻchirib olinadigan filmlardagi syujet emas, balki haqiqiy hayotda roʻy bergan voqeadir.

Gap shundaki, Panama bayrogʻi ostida Nigeriya qirgʻoqlari yaqinida suzib ketayotgan kema hujumga uchragan. Undagi ekipaj aʼzolaridan 14 nafari asirga tushgan. Shulardan 13 nafari Gruziya fuqarolaridir. Keyinchalik ulardan toʻrt nafari qochib ketishga muvaffaq boʻlgan.

Gruziya tashqi ishlar vazirligi dengizchilarni vatanlariga qaytarish uchun barcha choralarni koʻryapti.

Facebook Comments