Xorazmda 7 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar 1308 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Xorazm viloyatida ham koronavirusga chalingan 7 nafar bemor toʻliq sogʻayb, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Xorazmga olib kelingan va karantinga olingan.

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, 2 nafardan bemor Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridan, 1 nafardan esa Fargʻona, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan. Ularning barchasi erkak boʻlib, eng yoshi kattasi 49 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 26 yosh.

Xorazm viloyati boʻyicha shu paytga qadar 138 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 145 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 37 nafar bemor tuzalib, Respublika boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1308 nafarni tashkil etmoqda.

Facebook Comments