Ispaniyada koronavirus sabab oʼrnatilgan karantin cheklovlari yumshatildi. Mamlakat aholisiga kechadan boshlab ochiq havoda sayr qilishi va sport bilan shugʼullanishlari uchun ruxsat berildi.

Ispaniya sogʼliqni saqlash vazirligi turli yosh toifalari uchun qachon koʼchaga chiqish mumkinligini ham belgilab berdi.
14 yoshdan 70 yoshgacha boʼlgan fuqarolar soat kunduzi 06:00dan 10:00gacha, kechki payt 20:00dan 23:00gacha ochiq havoda sayr qilishi va sport bilan mashgʼul boʼlishi mumkin.

70 yoshdan katta yoki alohida zaruriyati chiqib qolganlar esa 10:00dan 12:00gacha va 19:00dan 20:00gacha ushbu imkoniyatdan foydalana oladilar. Voyaga yetmaganlar uchun bu vaqt 12:00dan 19:00gacha etib belgilandi.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, mazkur cheklovlar aholisi 5 mingdan ziyod boʼlgan maʼmuriy birliklar uchun taalluqlidir. Qolgan aholi yashash punktlarida yashovchi odamlar uchun esa 06:00dan 11:00gacha bemalol koʼcha aylanib, sport bilan shugʼullanish imkoniyati yaratib berildi.

Facebook Comments