AQSH prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Inni 20 kun davomida jamoatchilik oldida koʻrinish bermaganligi va uning jiddiy kasalligi yoki oʻlimi haqidagi mish-mishlar yolgʻon boʻlib chiqqanidan xursand ekanligini bildirdi.

“Masalan, uning qaytgani va sogʻligʻi yaxshi ekanligiidan xursandman”, deb yozadi Tramp oʻz tvitter sahifasida.

Tramp ushbu xabarni Kim Chen Inning KXDRda yangi zavod ochilishida qatnashgani haqida tarqatilgan yangilik ostiga havola qilgan. Avvalroq, Tramp KXDR rahbarining holati haqida izoh berishdan bosh tortib, unga faqat sogʻlik tilagan edi.

Maʼlumot uchun, 2-may kuni Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalari mamlakat rahbari Kim Chen Inning 20 kun ichida ilk bor paydo boʻlgani haqida xabar berdi. U jiddiy kasalligi haqida Janubiy Koreya, Yaponiya va Gʻarb ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan mish-mishlarga qaramay, Kim Chen In suratlarida tabassum va uning imo-ishoralarida quvnoqlik hamda sogʻlom ekanligiga kifoya qiladigan harakatlar koʻringan.

Shuningdek, suratlarda Kim oʻz mulohazalarini daftarlarga yozib qoʻygani va mulozimlar bilan suhbatlashayotgani aks etgan. Ushbu suratlar 1-may kuni Pxenyan yaqinidagi Suncheon shahrida oʻgʻit ishlab chiqaradigan zavod qurilishi tugallanish marosimida olinganligi aytilmoqda.

Facebook Comments