Moskvada ikki yosh bola koʻp qavatli uyning oynasidan pastlikka qulab, halok boʻldi. Bu haqda RIA xabar bermoqda.

Tergovchilar ayni vaqtda shanba kuni kechqurun Moskvada sodir boʻlgan ushbu baxtsiz hodisaning oqibatlarini va ikki bolaning oʻlimi tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

“Ikki bolaning oʻlimiga balandlikdan yiqilish natijasida olingan jarohatlar sabab boʻlgan”, dedi tergovchilardan biri.

Uning soʻzlariga koʻra, hozir voqea joyida tergovchilar ishlamoqda. “RIA Novosti”ning tergov organlaridagi manbasiga koʻra, vafot etgan bolalarning biri yetti ikkinchisi oʻn yashar boʻlib, ular aka-uka boʻlgan.

Facebook Comments