Tojikiston Respublikasida 2-may kechqurun holatida koronavirus bilan kasallangan soni 76 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda davlat telekanalining xabarlar dasturida e'lon qilindi.

Unga ko'ra, 2782 kishi karantinga olinib tibbiy nazoratda saqlanmoqda . Hisobotda qayd etilishicha, 217 kishida koronavirus holati qayd etilmagan va ular uylariga qo‘yib yuborilgan.

Telekanal orqali fuqarolarni gigiyena qoidalariga amal qilishga targ‘ib qilinmoqda. Aholi sport bilan shug‘ullanishi va immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar iste’mol qilishi kerakligi ta’kidlanmoqda. Shuningdek, ko‘chada ko‘p kishi bo‘lib yig‘ilmaslik va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga amal qilish kerakligi aytilmoqda.

Oldinroq, mamlakat sog’liqni saqlash vazirligi Tojikistonda 32 kishida COVID-19 virusi aniqlangani, ularning 17 nafari Dushanbe shahrida, 5 nafar respublika tasarrufidagi shahar va tumanlarda va 10 nafar Sug'd viloyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Facebook Comments