Koronavirus pandemiyasi butun dunyo aholisining uchdan ikki qismini qamrab olmagunicha tugamaydi. Bu haqda AQSHning Minnesota universitetidagi yuqumli kasalliklarni oʻrganish markazi mutaxassislari maʼlum qilishdi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, boshqa kasalliklarga qaraganda koronavirusni nazorat qilish ancha qiyin, chunki yuqtirgan odamlarda koʻp alomat sezilmaydi. Ushbu virusning yana bir yomon tomoni koronavirusga chalingan bemor boshqalarga ham yuqtirishi mumkinligida.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, ushbu kasallik 2022 yildan soʻng qayta avj olib keladigan toʻlqinlar orqali yana tarqalishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg. Shu sababli mutaxassislar, rasmiylar kelgusi ikki yil ichida yangi avj olishi kutilayotgan virus haqida fuqarolarni xabardor qilishlari shart deb taʼkidlashmoqda.

Shuni ham taʼkidlash kerakki, Kreml pandemiyaning ikkinchi toʻlqini xavfi haqida allaqachon bayonot bergan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, epidemiyaning qaytadan boshlanishida “juda katta xavf” mavjud va shuning uchun cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan olib tashlash kerak.

Oʻz navbatida, amerikalik mutaxassis Robert Retfild ham pandemiyaning ssenariysi ushbu kuzda qayta avj olishini bashorat qilgan.

“Holbuki davlatlar oʻz iqtisodiyotlarini tiklashga umid qilayotgan bir paytda, koronavirusning ikkinchi toʻlqini yaqinlashmoqda. Bu yana-da ogʻir boʻladi, chunki u gripp mavsumining boshlanishi bilan toʻgʻri kelishi mumkin”, deydi mutaxassis.

Shu bilan birga, dunyoda 3 193 836 kishi allaqachon COVID-19 bilan kasallangan. Kasallik 227 638 kishining hayotiga zomin boʻldi.

Facebook Comments